Umurtqali
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

 

Home>Hayvonlar>Umurtqali

 

28.

Jingalak saqoqush

Dalmatian Pelican

Pelecanus crispus Bruch, 1832

 

 

Maqomi 2: Zaif, qisqarib borayotgan, ko`chmanchi janubi-G`arbiy Palearktika turi.TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimlari, Sirdaryoning o`rta oqimi (uyalash); O`zbekistonning markaziy va janubiy qismlari (uchib o`tish, qishlash). O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston, Sharqiy Yevropaning janubi (uyalash); G`arbiy Osiyo, Hindiston (qishlash).

Yashash joylari. Yirik tekislik suv havzalari.

Soni. 1960-yillarda Janubiy Orol buyida uchrashi odatiy edi, hozirda ko`pgina yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan. 250 juftigacha (dunyo populyatsiyasining 5-6 %) uyalaydi, bir necha o`ntasi qishlaydi, uchib o`tishda minggagacha bo`ladi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Qamishli to`qaylarda koloniya bo`lib uyalaydi; aprel-mayda 2-3 ta tuxum qo`yadi va 30-32 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-avgustda ucha boshlaydi. Uyalashdan so`ng ko`chadi (avgust-sentabr). Kuzgi uchib o`tishi sentabr-noyabrda. Qishlashi — noyabrdan fevralgacha. Baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Orol dengizi havzasida suv rejimining o`zgarishi bilan yashash joylarining yemirilishi. Brakonerlik, koloniyalarining vayron bo`lishi.

Ko`paytirish. Dunyoning ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Buyurtmaxonalarda uyalashda (Sudochyye k.), ko`chish, uchib utish va qishlashda (Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l k.) muhofaza qilinadi. SITESning 1-Ilovasiga kiritilgan.

 

 

29.

Qorabuzov (kichik qoravoy)

Pygmy Cormorant

Phalacrocolax pygmaeus Fpabas, 1773

 

 

Maqomi. 3: Zaifga yaqin ko`chmanchi janubi-g`arbiy Palearktika turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. Orol dengizi, Amudaryo, Zarafshon Qashqadaryo havzalari, Sirdaryoning o`rta oqimi va respublikaning janubi (uyalash, qishlash), O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston (uyalash); Sharqiy Yevropa janubi, G`arbiy Osiyo (uyalash, qishlash).

Yashash joylari. Tekislikdagi kul va suv omborlari.

Soni. Ilgari Orol dengizidagi orollarda uyalagan, hozirda uyalamaydi. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yangi joylarni o`zlashtirmoqda. 10-12 ming jufti uyalaydi (dunyo populyatsiyasining 30-35 %), 10 mingta yaqini qishlaydi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Qamishzor, suv bosgan butazorlarda koloniya bo`lib uyalaydi, aprel-mayda 4-6 ta tuxum qo`yadi va 27-30 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda uchaboshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi — oktabrda, qishlash —oktabrdan martgacha. Mayda baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Orol dengizi havzalarida suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining yemirilishi.

Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Buyurtmaxonalarda (Sudochyye, Tuzkon, Qoraqir, Dengizko`l k.) uyalash, uchib o`tish va qishlash joylarida muhofaza ostiga olingan.

 

 

30.

Turkiston oq laylagi

 

Asian White Stork Ciconia ciconia (Linnaeus. 1758)

ssp. asiatica Seveitzov, 1873

 

Maqomi. 3: G`arbiy Palearktika ko`chmanchi turining zaifga yaqin Turon kenja turi.

Tarqalishi. Sirdaryoning o`rta oqimi, Farg`ona vodiysi, Turkiston t. etaklari (uyalash, qisman qishlash), Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent vohalari, Surxondaryo vil. janubi (uyalash, qishlash). O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiyoning boshqa mamlakatlari, Qozog`iston, Xitoyning G`arbi (uyalash), Eron, Hindiston, Shri-Lanka (qishlash). Yevropa, Afrika va G`arbiy Osiyoda — boshqa kenja turi.

Yashash joylari. Vohalar, sug`oriladigan maydonlar, botqoqlar, daryo bo`ylari.

Soni. 1960-1980-yillarda markaziy va janubi-g`arbiy O`zbekistonda uchrashi odatiy edi, hozirda sharqiy populyatsiyalarigina saqlanib qolgan. 1,5 ming jufti uyalaydi (jahon populyatsiyasining 70-80%), undan 95% - Farg`ona vodiysida; bir necha yuztasigina qishlaydi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — fevral-mart oylarida. Baland daraxtlarda, elektr uzatish tizmasi tayanchlarida koloniya bo`lib uyalaydi; aprel-may oylarida 3-5 ta tuxum qo`yadi va 32-34 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - avgust-sentabrda. Mayda baliqlar, qurbaqalar, sudralib yuruvchilar va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Tekislikdagi daryolar suv rejimining o`zgarishi va namli yerlarning quritilishi oqibatida yashash joylariniig yemirilishi.

Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan.

 

 

 

31.

Marmar churrak

Asian White Stork Ciconia ciconia (Linnaeus. 1758)

ssp. asiatica Seveitzov, 1873

 

 

Maqomi. 1: Yo`q bo`lib ketayotgan, ko`chmanchi janubi-g`arbiy Polearktika turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

Tarqalishi. Amudaryo havzasining Termizdan Urganchgacha bo`lgan qismi. Zarafshon d. vohasi (uyalash). O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Turkmaniston, Ozarbayjon (uyalash); Ispaniya, Shimoliy Afrika, G`arbiy Osiyo (uyalash, qishlash), Pokiston, Hindiston (uyalash).

Yashash joylari. Suv va qirg`oq bo`yi o`simliklari yaxshi rivojlangan, sayoz, chuchuk va nimsho`r suvli havzalar.

Soni. 1960-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo havzalarida ko`p uchrar edi, hozirda ko`pchilik yashash joylarida yo`q bo`lib ketgan, 200-300 jufti (dunyo populyatsiyasining 1,5-2%) uyalaydi. 0,5-1,5 ming donasi gala-gala (15-gacha) bo`lib uchib o`tadi. Kuzda janubdagi yirik suv havzalarida 200-400 tagachasi to`planadi.

Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — fevral-martda, kuzgisi — oktabrda. Inini qamishzorlarda yerga quradi; may oyida 9-15 ta tuxum qo`yadi va 25-27 kun bosib yotadi; poloponlari avgustda ucha boshlaydi. Suv o`tlari va umurtqasizlar bilan oziqlanadi, sholizorlarga kirib turadi.

Cheklovchi omillar. Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv rejimining o`zgarishi oqibatida yashash joylarining yemirilishi, brakonerlik.

Ko`paytirish. Yevropa parvarishxonalari va hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Dengizko`l buyurtmaxonasida muhofaza ostiga olingan.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005